Qayta ishlangan 2-nashri. — Toshkent: Oqituvchi, 2012. — 287 b. — ISBN 9789943025196.
Mazkur darslik Oliy va o ‘rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan oliy ta’lim muassasaiarining rus guruhlari talabalari uchun tavsiya qilingan va 2006- yilda chop etilgan ,,O‘zbek tili“ darsligining takom illashtirilgan 2-nashridir. Darslikning ushbu nashri OTM o‘quv rejasida o‘zbek tili fani uchun ajratilgan soat hajmiga moslashtirildi. Unda rus guruhlari talabalarining umumiy o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus ta’lim tizimida o‘zbek tilidan olgan bilim va malakalarini mustahkamlash, ularning o‘zbek tilidagi og‘zaki va yozma bog‘lanishli nutqini va turli nutq uslublarida matn tuza olish malakalarini takomillashtirish nazarda tutilgan.