O‘quv qo‘llanma. — Toshkent: Fan va texnologiya markazi, 2010. — 128 b.
Mazkur o‘quv qo‘llanmada zamonaviy kompyuter texnologiyalari o‘z aksini topgan bo‘lib, unda kompyuter texnologiyalarining texnik va dasturiy ta’minoti haqida umumiy tushunchalar, Windows operatsion tizimi, matnli hujjatlarga ishlov berish texnologiyasi hamda elektron jadvallardan foydalanish jihatlari bayon etilgan.
O‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlarining gumanitar yo‘nalishidagi aspirantlariga, talabalarga, kasb-hunar kolleji va akademik litsey o‘quvchilariga hamda axborot texnologiyasi asoslari bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.