O‘quv qo‘llanma. — O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. O‘rta maxsus kasbhunar ta’limi markazi. — Toshkent: Iqtisod-Moliya, 2013. — 256 b.
Ushbu o‘quv qo‘llanma kasb-hunar kollejlari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda trikotaj buyumlarining turlari, ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlar ketma-ketligini loyihalash va ularning tasnifi berilgan. Trikotaj ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan zamonaviy mashina va avtomatlarning texnik tavsifi yoritilgan. Shubilan birga ishlab chiqarishdagi har bir o‘timlar ketma-ketligi atroflicha yoritilgan.
Shuningdek, o‘quv qo‘llanmada ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlarning asosi bo‘lgan trikotaj buyumlarni loyihalash va hisoblashning takomillashgan usullari o‘zi ifodasini topgan.
O‘quv qo‘llanma kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun mo‘l-jallangan bo‘lsa-da, undan oliy o‘quv yurti talabalari hamda trikotaj ishlab chiqarish korxonalarining muhandis-texnolog xodimlari ham foydalanishlari mumkin.